Fan
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fan yoki ilm-fan ilmiy metod bilan to‘plangan bilimlarning tartibli tizimidir.
Fan sohalari uch katta qismga ajratilib ko‘rsatiladi:
- Aniq fanlar;
- Tabiiy fanlar;
- Ijtimoiy fanlar.
Fan empirik yo‘l bilan olingan ma’lumotlarni (faktlarni) kuzatiladigan u yoki bu hodisani izohlash uchun tartiblaydi, bunday tartib gipoteza deyiladi. Gipoteza hodisani izohlash uchun yetarli bo‘lsa hamda tegishli isbotlar bilan tasdiqlansa, u nazariyaga aylanadi.