Xudkushlik
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xudkushlik (forscha xud - "oʻz", kush - "qotil") yoki suitsid oʻz hayotiga oʻz ixtiyori bilan chek qoʻyishdir.
Xudkushlikka jamiyatning munosabati din, shaʼn hamda hayot maʼnosi mavzulariga aloqador boʻlib kelgan. Aksar dinlar, masalan, Yahudiylik, Xristianlik, Islom, Buddizm, Hinduizm kabilar xudkushlikni qoralashadi va gunoh deb baholashadi; biroq baʼzi islomiy va xristian sektalar xudkush bomba hujumlarini oqlashadi, ularni bajarganlarga shahid statusini vaʼda etishadi. Yaponiyadagi samuraylar davrida esa xudkushlik oʻz shaʼnini himoya qilish maqsadida bajarilgan va ijobiy baholangan. Shuningdek urush vaqtida kamikazelik harbiy qahramonlik deya koʻrilgan.
Xudkushlik jamiyatda hamon qattiq qoralanadi; biroq bedavo kasallikka chalingan bemorlarning tibbiy yordamni qabul qilmay qoʻyish yoki evtanaziyani tanlash huquqi bahs ostidadir.
Zamonaviy tibbiyot odatda oʻzini oʻldirishni ruhiy nosogʻlomlikka yoʻyadi va bunday kishilarga ruhiy yordam koʻrsatilishi zarur, deb hisoblaydi.
Dunyoda har yili millionga yaqin odam oʻzini oʻldiradi, 10-20 millionta xudkushlikka omadsiz harakat boʻladi.[1] Rossiyada har yili 60,000[2], AQShda taxminan 30,000[3], Yaponiyada 30,000 dan ziyod[4] va Xitoyda 250,000 nafar kishi xudkushlik oqibatida vafot etadi.[5]
Oʻrin | Mamlakat | Yil | Erkaklar | Ayollar | Jami |
1. | Litva | 2003 | 74.3 | 13.9 | 42.1 |
2. | Rossiya | 2002 | 69.3 | 11.9 | 38.7 |
3. | Belarus | 2003 | 63.3 | 10.3 | 35.1 |
4. | Qozogʻiston | 2002 | 50.2 | 8.8 | 28.8 |
5. | Sloveniya | 2003 | 45.0 | 12.0 | 28.1 |
6. | Vengriya | 2003 | 44.9 | 12.0 | 27.7 |
7. | Estoniya | 2002 | 47.7 | 9.8 | 27.3 |
8. | Ukraina | 2002 | 46.7 | 8.4 | 26.1 |
9. | Latviya | 2003 | 45.0 | 9.7 | 26.0 |
10. | Yaponiya | 2002 | 35.2 | 12.8 | 23.8 |
Mundarija |
[tahrir] Soxta xudkushlik
Koʻpincha xudkushlik qilmoqchi boʻlganlar oʻlishni istashmaydi, ular faqatgina atrofdagilarning eʼtiborini oʻziga qaratmoqchi, yoxud shantaj qilmoqchi boʻlishadi. Bunday kishilar odatda oʻlimga olib bormaydigan jarohatlar bilan oʻzlariga shikast yetkazadilar (masalan, sirka kislotasi, uyqu dori ichish, ustara bilan bilak tomirlarini kesish) yoki namoyishkorona harakatlar qiladilir (masalan, baland inshootlar tomiga chiqib, odam yigʻilishini kutib, oʻzini pastga tashlamoqchidek boʻlish). Lekin baʼzan bu harakatlar ehtiyotsizlik tufayli oʻlimga olib kelishi mumkin.
Boshqa tomondan, jiddiylikcha oʻlmoqchi boʻlib, lekin tibbiyot va anatomiyadan bexabarligi tufayli oʻlmay qoladigan odamlar ham bor; ularni soxta xudkushlikda ayblab boʻlmaydi.
[tahrir] Xudkushlik sabablari
Sabablar turlicha boʻlishi mumkin. Quyida ularga misollar keltirilgan:
- Ogʻriq (yaʼni, fiziologik ogʻriq, masalan, urush maydonida qattiq yaralangan baʼzi askarlar oʻzlarini otib tashlashlarini iltimos qilishadi)
- Ruhiy siqilish (masalan, yaqin odami vafotiga chidolmay oʻzini oʻldirish)
- Jinoyat (adliya qaroridan qochish, qamoqdan koʻra oʻlimni afzal bilish)
- Ruhiy kasallik
- Nogironlik yoki kasallik (masalan, qoʻl-oyoq amputatsiyasi, OITS, saraton)
- Ijtimoiy sabablar (masalan, qashshoqlik, ishsizlik)
- Moliyaviy (masalan, katta qarzlar)
- Qurbonlik (masalan, askarning portlamoqchi boʻlgan granata ustiga yotib, uni oʻz tanasi bilan berkitishi)
- Shaʼnini saqlab qolish (samuraylarning seppukusi)
- Diniy (masalan, shahid nomiga sazovor boʻlish uchun xudkush bomba hujumlari qilish)
- Falsafiy (yaʼni hayot maʼnosi yoʻq, deya; masalan absurdizm, nigilizm, pessimizm)
[tahrir] Xudkushlik usullari
Otashli qurollar qonuniy sotiladigan mamlakatlarda xudkushliklar asosan shunday qurollar yordamida amalga oshiriladi. AQSh'dagi jami xudkushliklarning 55%'i shunday usul bilan sodir boʻlgan (2001 yilga koʻra).[7] Shuningdek asfiksiya (oʻzini osish, tabiiy gaz bilan boʻgʻilish) va zaharlanish ham koʻp qoʻllaniladi. Boshqa usullar (baland imorat tomidan, derazalaridan sakrash, avtomobil ostiga yotish, ustara bilan kesish, choʻkish kabilar) nisbatan kam ishlatiladi.
[tahrir] Shuningdek
- alt.suicide.holiday
- Kamikaze
- Hayot maʼnosi
- Absurdizm
[tahrir] Manbalar
- ↑ CIS: UN Body Takes On Rising Suicide Rates
- ↑ 60,000 people commit suicide in Russia annually
- ↑ Suicide, Facts
- ↑ Suicides in Japan top 30,000 for 9th straight year
- ↑ 250,000 Chinese Kill Themselves Annually: Official
- ↑ Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti, 2005.
- ↑ http://www.preventsuicidenow.com/suicide-statistics.html